«Mançester Yunayted» jamoasi «Atletiko» hujumçisi Antuan Grizmann bilan kelişuvga erişgan.

Calciomercato naşri xabariga köra, inglizlar klubi 26 yoşli fransuzning vakillari bilan şaxsiy şartnoma böyiça kelişib olgan.

Endilikda «MYu» badal puli 100 million yevro etib belgilangan Grizmann böyiça taklif yuborişi kerak.

Bundan avvalroq, mankunianliklar jamoasi futbolçiga yiliga 14 million yevro tölaşni nazarda tutuvçi şartnoma taklif etgani haqida xabar berilgandi.

Yakunlangan mavsumda Grizmaan Ispaniya çempionatining 36 uçraşuvida 16 gol urib, 9 golga uzatma bergan.

Grizmann kelajagi böyiça bir qarorga keldi