Namangan viloyatining Uyçi tumanida ötkazilgan tezkor tadbir jarayonida şu tumanda yaşovçi, M.N. va A.A.lar 4 kg. 150 gr. marixuana giyohvandlik vositasini 700.000 sömga sotayotganlarida uşlandilar. Bu haqda Özbekiston Respublikasi IIV matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat işi qözğatildi.
Hozirgi kunda uşbu giyohvand moddaning manbasini aniqlaşga qaratilgan tezkor suriştiruv işlari olib borilmoqda.
















