«Borussiya» Dortmund hujumçisi Per-Emerik Obameyang faoliyatini Fransiya çempionatida davom ettiradi. Bu haqda Yahoo! Sport France naşri xabar tarqatdi.
Manba bergan ma'lumotga köra, «PSJ» «Borussiya» bilan gabonlik futbolçi transferi borasida kelişuvga erişgan. Hozir hal bölmagan yagona masala bu Obameyangning şaxsiy şartnoma borasida ba'zi jihatlar bölib qolmoqda. Şartnomaning asosiy şartlari ham aniq bölib ulgurgan.
Futbolçining transferi 70 million yevroga baholanmoqda. Agar bu transfer amalga oşsa, Fransiya klubi tarixidagi rekord transferga aylanadi. Hozirça Anxel Di Mariya va Edinson Kavani transferlari (63 mln. yevro) jamoa uçun rekord bölib qolmoqda.
Obameyangning «PSJ»dagi yillik maoşi miqdori 10 million yevroni taşkil qiladi. Şartnoma imzolaş uçun futbolçiga tölanadigan bonusi miqdori 6 million yevroga teng böladi.
Eslatib ötamiz, oldinroq, Obameyangning özi «Borussiya» rahbariyatiga jamoani tark etiş niyati borligini ma'lum qilgandi.












