AQŞ va uning NATO böyiça şeriklari, harbiy salohiyatni kuçaytirib hamda alyansni kengaytirib, uzoqni köra olmaydigan siyosat olib bormoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Le Figaro gazetasiga bergan intervyusida şunday fikrni bildirdi.

"Biz uçun bu (NATOning kengayişi) Yevropa hamda Qöşma Ştatlardagi şeriklarimiz uzoqni köra olmaydigan siyosat olib borayotganini anglatadi, ular oldinga qaraşayotgani yöq – bunday odatning özi yöq, ğarbdagi şeriklarimizda bunday odat yöqolib bölgan", - deya ma'lum qildi Putin.

Uning eslatişiça, sobiq Ittifoq parçalanib ketganidan söng amerikalik va yevropalik siyosatçilar Moskvani alyans kengaymasligiga işontirişgan. Aksinça, yangi umumiy xavfsizlik tizimini yaratiş haqida takliflar bölgan. Uni taşkil etiş, ehtimol, AQŞning raketalarga qarşi mudofaa böyiça Kelişuvdan bir tomonlama çiqişi  va Yevropada RQM elementlarini qurişdan qoçiş imkonini berardi.

"Balki, bularning barçasi röy bermagan bölardi, biroq bu sodir böldi, bu orqaga qaytariş mumkin bölgan badiiy film emas. Oldimizda nima turgan bölsa, şundan kelib çiqişimiz kerak. Agarda hozirgi vaziyatdan kelib çiqib iş körsak, kelajakdan nima xohlayotganimizni aniqlaştirib oliş darkor. Hammamiz tinçlik, farovonlik va hamkorlikni istaymiz", - deya ma'lum qilgan Putin.

"Rossiyaning tahdidlari haqida yöq bölgan narsalarni, qandaydir gibrid uruşlarini öylab topişni bas qiling", - deya çaqirdi u. "Özingiz barçasini öylab topib, keyin bundan özingiz ham qörqasiz va şu asosda siyosatni olib borasiz", - deya ma'lum qildi RF prezidenti. "Yagona istiqbol bu – barça yönalişlar, jumladan, xavfsizlik masalalarida ham hamkorlik qilişdir", - deb hisoblaydi Putin.

Rossiya terrorizm bilan kuraşda boşqa davlatlar bilan hamkorlikka tayyor, biroq “özaro şikoyatlar yöllamasdan”, haqiqatdan ham harakat qilişga çaqiradi, deya ma'lum qildi Putin.

"Yevropadan sörang – biz xohlaymiz. Men bu haqda BMTning 70-yilligida çiqiş qilib ham aytgandim, hamda öşanda barça davlatlarning terror bilan kuraşdagi sa'y-harakatlarini birlaştirişga çaqirganman", - deya eslatdi u.

Şu bilan birga, Putinning aytişiça, Rossiyaga aksariyat hollarda yevropalik şeriklari bilan muloqot olib borişi qiyin, sababi ularning pozitsiyasi AQŞga qarab özgarib turadi. "Kim katta, kim katta emasligini, kim nimaga da'vo qilayotganini aniqlaştirib oling. Biz esa hamkorlikka tayyormiz", - deya ma'lum qildi RF prezidenti.