Serbiyadagi prezidentlik saylovlarida ğolib bölgan Serbiya boş vaziri Aleksandr Vuçiç iste'foga çiqişini e'lon qildi, deb xabar bermoqda Tanjug naşri.

"Serbiya boş vaziri lavozimidan ketişga ariza berdim", deb aytgan Vuçiç.

Vuçiç 2 aprelda ötgan prezidentlik saylovlarining 1-turida 55 foiz ovoz bilan ğolib bölgan. Amaldagi prezident Tomislav Nikoliçning vakolati 31 may kuni tugaydi. Vuçiçning inauguratsiyasi sanasi hali ma'lum qilinmagan.