Özbekiston taşqi işlar vazirligi xorijiy yirik va işonçli sarmoyadorlar, yuqori malakali mutaxassislar uçun kiriş vizalarini beriş jarayonini soddalaştiriş ustida iş olib bormoqda. Bu haqda taşqi siyosat idorasi rahbari Abdulaziz Komilov ma'lum qildi.

Uning ma'lumotlariga köra, ayni damda Özbekistonga iş bilan keluvçi 13 davlat fuqarolariga nisbatan vizalar berişning yengillaştirilgan tartibi amal qilmoqda.

Bu davlatlar orasida - Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Ispaniya, Italiya, Latviya, Malayziya, Tailand, Fransiya, Çexiya, Şveytsariya va Yaponiya bor.

Komilovning ta'kidlaşiça, Turkiya va Xitoydan bölgan tadbirkorlarga soddalaştirilgan tartibda köp martalik vizalarni rasmiylaştiriş imkoniyati işlab çiqilmoqda.