Uning yoniga odamlar kela boshladi va qo‘llab-quvvatlovchi so‘zlar aytib, yigitni quchoqlay boshlashdi. Oradan ma'lum daqiqalar o‘tgach, uni quchish uchun odamlar navbatda turishar edi.

«Kim bo‘lishimizdan qat'i nazar barchamiz bir xilmiz», — dedi yo‘lovchilardan biri uni quchar ekan. 

Oradan vaqt o‘tib, Bakteshning atrofida telekamera ko‘targan jurnalistlar paydo bo‘ldi. Bu vaqtga kelib, yigitning atrofini tumonat odam o‘rab olgan edi.

«Kechir, men seni quchmoqchiman. Senga shuni aytmoqchimanki, hozirgi qilayotgan ishing judayam ajoyib!» — dedi yo‘lovchilardan biri.

Eslatib o‘tamiz: 22 may oqshomida Manchester shahridagi Manchester Arena yopiq stadionida portlash ro‘y berdi. Bu vaqtda amerikalik xonanda Ariana Grandening konserti bo‘layotgandi. Hodisa oqibatida 22 kishi halok bo‘ldi, 59 kishi yaralandi.