Kozim Tölaganov Özbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va quriliş qömitasi raisining örinbosari - Arxitektura-quriliş nazorati davlat inspeksiyasi boşliği lavozimiga tayinlandi.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti 30 mayda bu haqdagi qarorni imzoladi, deya xabar berildi Özbekiston Respublikasi Hukumat portalida.
Kozim Nosiroviç Tölaganov (1949 yilda tuğilgan) 1997-2001 yillarda Toşkent şahri hokimi, keyinroq boş vazir örinbosari va Toşkent viloyati hokimi (2005 yilgaça) sifatida işlagan.
Prezident may oyi boşida «Özbekiston Respublikasining Arxitektura va quriliş davlat qömitasi faoliyatini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmonni imzolagandi. Mazkur hujjat arxitektura va şaharsozlik sohasini rivojlantiriş, şahar va aholi punktlari boş rejalarining işlanmalari va ularni amalga oşirişni yaxşilaş, davlat organlari va xöjalik boşqarmalari mas'uliyatini oşiriş maqsadlarida qabul qilingan.












