AQŞ sobiq prezidenti Barak Obama va uning rafiqasi Mişel Vaşington yaqinidagi Kalorama tumanidan 8,1 mln dollarga haşamatli uy sotib olişdi. Bu haqda The Washington Post xabar bergan.

Ta'kidlanişiça, uyda sakkizta yotoqxona va 10 ta vanna hamda hojatxona bor, umumiy maydoni esa 8,2 ming kvadrat futga teng.

Er-xotin Obamalar avvalroq uşbu uyni ijaraga olişgandi, biroq keyinçalik uni xarid qilişga qaror qilişdi, sababi ular Vaşingtonda kiçik qizlari Saşa maktabni tamomlagunga qadar qolmoqçilar.

Avvalroq AQŞ davlat kotibi Reks Tillerson ham Kalorama tumanidan, Obamalarga tegişli uyning yonidan 5,6 mln dollarga köçmas mulk xarid qilgani ma'lum bölgandi.