Mamlakatimiz fuqarolari onalik va bolalikni muhofaza qiliş, oilani rejalaştiriş, reproduktiv salomatlikni hamda reproduktiv huquq kafolatlarini ta'minlaş kabi jamiyat taraqqiyotining muhim jabhalarida olib borilayotgan davlat strategiyasini qöllab-quvvatlaydi. Şuning barobarida 2014 — 2018 yillarga möljallangan aholi reproduktiv salomatligi, ayollar, bolalar va ösmirlar soğliğini saqlaş tizimini mustahkamlaş va rivojlantiriş Davlat dasturi ijrosi samaradorligini oşirişda, Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasidagi ayni yönalişga ­daxldor maqsad hamda vazifalarni röyobga çiqarişda öz hissalarini qöşişga tayyordirlar.

“Ijtimoiy fikr” jamoatçilik fikrini örganiş markazi tomonidan “Fuqarolarning reproduktiv qaraşlari, reproduktiv salomatlik va reproduktiv huquq töğrisida jamoatçilik fikri” mavzuida ötkazilgan sörov natijalari buni yana bir bor tasdiqladi. Aytiş joizki, yurtdoşlarimizning reproduktiv salomatlik borasidagi qaraşlarida ijobiy tendensiya kuzatilmoqda. Aksariyat — 77,8 foiz ­fuqarolarning qayd etişiça, oilaning mazmuni va boyligi, bu — farzandlardir. Sörovda qatnaşganlarning mutlaq köpçiligi farzandlari borligini bildirgan va har yettinçi oila tört nafar, har öninçi oila beş va undan köp bolaga ega.

2016 yilda yurtimizda 726,8 ming nafar bola dunyoga keldi.

Har birining öz örni bor

Ahamiyatlisi, tadqiqot aholi turli qatlam vakillarining oilada bolalar maqbul soni haqidagi fikrlarini aniqlaş imkonini berdi. “Neçta farzandingiz bölişini istardingiz yoki istagan bölar edingiz?” degan savolga respondentlar köproq uçta, kamroq holda tört yoki ikkita bolali böliş xohişini bildirişdi. Bunda 30 yoşgaça bölganlar oilada bola soni ikki nafardan oşmasligini maqbul hisoblaşdi, 30 yoşdan kattalar esa köproq uç farzandli bölişni xohlaşadi.

Darvoqe, şahar aholisi, asosan, ikki-uç boladan iborat oilani, qişloq joylarda yaşovçilar esa tört-beş va undan köproq bolali oilani şakllantirişga moyil. Umuman, ­fuqarolarning  40 foizi oilada uçta farzandni dunyoga keltiriş va ulğaytirişni eng maqbul, deb hisoblaydi. Bunday tendensiya oxirgi paytda kuçaymoqda.

Neça yoşda farzand körgan ma'qul?

Yurtimizda erta tuğuruqlarning oldini oliş, oilalarda ­soğlom turmuş tarzini tarğib etiş, jamiyatning tibbiy madaniyatini yuksaltiriş böyiça qilinayotgan keng qamrovli işlar fuqarolarimiz ongu dunyoqaraşiga sezilarli ta'sir körsatayotganini ta'kidlaş zarur. Buning isbotini “Ijtimoiy fikr” sörovi natijalarida ham yaqqol köramiz. Çunonçi, ­tadqiqotda har törtinçi respondent birinçi ­tuğuruq uçun ayolning 20 yoşdan 25 yoşgaça bölişini maqbul ­sanaydi. Ayniqsa, birinçi tuğuruq uçun ayol 22 yoşda bölişi maqsadga muvofiq, deydigan respondentlar soni ança ösgan. Şu bilan birga, sörov iştirokçilarining 89,3 foizi tuğuruqlar oraliği kamida 2-3 yil va undan köproq bölişi kerak, deb hisoblaydi. Yoş kesimida olib qaraganda, 18 — 25 yoşdagilar hamda örta yoşdagilar bu oraliq uç va undan köproq yilni öz içiga ­olişi kerakligiga urğu beradi.