«Real» hujumçisi Kriştianu Ronaldu Angliyani soğinayotganini tan oldi. U bu davlatda «Mançester Yunayted» tarkibida olti yil öynagan.

«Muxlislar menga huştakbozlik qilişini yoqtirmayman. Fanatlar 100 foizga harakat qilayotgan öz futbolçilariga, u xato qilsa ham huştak çalişlari kerak emas. Aksinça, jamoada nimadir öxşamasa, uni qöllab-quvvatlaş lozim. „Mançester Yunayted“da öynaganimda, bunday holatlar yöq edi. Ehtimol, gap ularning mentalitetidadir. Umuman olganda Ispaniya menga yoqadi, biroq, men Angliyani soğinmoqdaman, sababi xotiralarni şunçaki uzib taşlaş mumkin emas.

Haqiqatdan ham 40 yoşgaça öynaşni istaymanmi? Aslida 41 yoşgaça! Sönggi bor şartnomani uzaytirganimda, menda yana yangi kelişuv böladi, dedim. Uning muddati yakunlanganida, men 41 yoşda bölaman», - deya 32 yoşli portugaliyalikning sözlarini keltiradi Daily Mail.