31 may kuni Moskvaning Lyublino tumani sudi sudyasi «Korrupsiyaga qarşi kuraş fondi» rahbari Aleksey Navalniyga milliarder Alişer Usmonov Rossiya boş vaziri Dmitriy Medvedevga pora bergani haqidagi rolikni öçiriş majburiyatini yukladi, muxolifatçi esa bunday qilmasligini bildirdi.

«Tarqatilgan ma'lumotlar Usmonovning or-nomus, qadr-qimmati va obrösini tahqirlaydi deb topilsin. Da'vogarning da'vosi qanoatlantirilsin», — degan sudya Marina Vasina. Sud Navalniy 10 kun içida Alişer Usmonovga qarşi qaratilgan barça videoroliklarni öçirişga hukm çiqargan.

Ayblov
Alişer Usmonovning sudga murojaat qilişiga «Korrupsiyaga qarşi kuraş fondi» tomonidan tayyorlangan, Rossiya boş vaziri Dmitriy Medvedevning «maxfiy imperiya»si haqidagi «On vam ne Dimon» ( «U sizga Dimon emas») filmi sabab böldi. Bu filmda Medvedev mamlakat içkarisida va taşqarisida qator qimmatbaho mulklarga egaligi iddao etilgan. Şunday mulklardan biri, Rublyovka turar joy maskanida joylaşgan haşamatli turar-joy Usmonov tomonidan Dmitriy Medvedevning kursdoşi Ilya Yeliseyev rahbarligidagi «Sotsgosproyekt» fondiga berilgani aytilgan. Navalniy buni pora deb atagan.

Usmonovning noroziligiga Navalniyning boş vazir örinbosari Igor Şuvalovga pora berilgani töğrisidagi ayblovi ham sabab böldi. 2012 yilda «Korrupsiyaga qarşi kuraş fondi» suriştiruvida 2004 yili amaldorning rafiqasi Roman Abramoviç va Yevgeniy Şvidlerning kompaniyasi bölmiş «Yunikast Teknolodji»dan 50 million dollar olgani, keyin bu pullar Usmonov biznesiga yönaltirilgani, Usmonov esa bu pullarni 118 million dollar qilib qaytargani aytilgandi. Navalniy buni pora deb atagan, USM Holding rahbari esa buni qat'iy inkor etgan.

Milliarder şuningdek, siyosatçining Usmonov Rossiyada soliq tölamasdan faoliyat yuritgani haqidagi ayblovlarini qaytarib olişini talab etgan.

Munozaralar
Mart oyida e'lon qilingan videodan keyin may oyiga kelib Usmonov va Navalniy örtasida munozara boşlandi. Milliarder «Vedomosti» naşriga intervyu berib, boş vazirga pora bergani haqidagi sözlarni inkor etdi, Navalniy esa yana rolik çiqarib, öz talqinini bayon qildi.

Şundan söng milliarder «VKontakte»da Navalniyga ikki videomurojaat yölladi. Birinçi safar u özi vijdonli odam ekaniga işontirişga harakat qildi va Navalniyga uzr söraşni taklif etdi. Keyingi murojaatida u Navalniyni «It yuragi» qissasi (Mixail Bulgakov) qahramoni Poligraf Şarikovga qiyosladi. U ikki murojaatini ham «Tfu senga Navalniy» deya yakunladi.

Siyosatçi ham milliarderga qarşi videolar çiqarişda davom etdi.