Jamiyat | 12:33 / 12.04.2017
20241
3 daqiqa o‘qiladi

Alisher Usmonov Medvedev fondiga uy hadya qilganini izohladi

Rossiyalik millarder tadbirkor Alisher Usmonov «Vedomosti» nashriga bergan intervyusida Rublyovkadagi hashamatli qasrini bosh vazir Dmitriy Medvedev kursdoshi Ilya Yeliseyev rahbarligidagi «Sotsgosproyekt» fondiga hadya qilganiga doir xabarlarga izoh berdi. Tadbirkorning so‘zlariga ko‘ra, u buning evaziga o‘zi istiqomat qilayotgan uyga bevosita chegaradosh va fondga qarashli hududni almashgan. 

Usmonovning izoh berishicha, dastlab u opasi uchun Znamenskda yer sotib olgan. Keyinroq, opasi bunday katta uyda yashashdan bosh tortgan. Tadbirkor, Yeliseyev bilan yerlarni o‘zaro ayirboshlashga, fond rahbarining rejalaridan voqif bo‘lgach qaror qilgan. 

“Yeliseyev o‘shanda fond loyihalari haqida, mazkur hududda 5ta dabdabali hovli-joy qurish haqida so‘zlab berdi va meni sarmoya kiritishga chaqirdi. Shundan men «Sotsgosproyekt» mening uchastkam yonida developerlik loyihasini amalga oshirmoqchi bo‘layotganidan xabardor bo‘ldim. Mening uyim yonginasida 5ta yirik uy paydo bo‘lishi kerak edi. 

Men 20 yildan beri yashab kelayotgan uchastkamning maydonini kengaytirish imkonini qidirib kelayotgan edim. Shu boisdan, 12 gektar yer maydonini mendan uzoqda bo‘lgan opamning yer maydoni va tayyor uyga ayirboshlash taklifini bildirdim”, -  degan Alisher Usmonov. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Yeliseyev fondi unga Rublyovkadagi uchastkani past narxda taqdim etgan. Usmonov buning evaziga «Sotsgosproyekt»ga nafaqat opasining hovli-joyi va yer maydonini taqdim etgan, balki qurilishini tamomlagan ham. 

Tadbirkorning hisob-kitobiga ko‘ra, Rublyovkaning Moskva daryosi sohilidagi 12 gektar yer maydoni unga 50 mln dollarga aylangan bo‘lar edi. 

“Ular menga qasrim hududini kengaytirish imkonini taqdim etishdi. Men opam uchun uyimning qarshisidagi 50 sotix yerda uy qurdim”, - deya oydinlik kiritgan tadbirkor. 

Usmonovning qayd etishicha, «Sotsgosproyekt»ga hadya qilingan qasrda bosh vazir Medvedev bo‘lib turishi yoki bo‘lmasligini bilmaydi. Fondga berilgan vaqtda, milliarderning aytishicha, uyda yashash imkoni bo‘lmagan. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid