Toşkent şahar IIBB xodimlari tomonidan 2017 yilning 24 may kuni ötkazilgan “Qoradori 2017” tadbiri davomida muqaddam giyohvandlik moddasining noqonuniy muomalasi uçun jinoiy javobgarlikkka tortilgan Javdat Aytkulov qölga olindi. U özi davolanayotgan 1-sonli sil kasalliklari  şifoxonasida oğirligi 265 grammdan ortiq “marixuana” giyohvandlik vositasini saqlab kelayotganligi aniqlangan. 

Toşkent IIBBda bölib ötgan matbuot brifingida ma'lum qilinişiça, mazkur holat yuzasidan Olmazor tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “b” bandi (giyohvandlik vositalarini ötkaziş maqsadini közlamay, qonunga xilof ravişda saqlaş) alomatlari bilan jinoyat işi qözğatilib, unga nisbatan “qamoqqa oliş” tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilgan.