Dubay köçalarida ilk robot-politsiyaçi xizmat qilişga kirişdi.

Robot dunyodagi eng baland imorat – Burj Halifa minoralari oldida iş boşlagan. "Robokop" politsiyaçilar boş kiyimini kiyib olib, ğildiraklarda harakatlanadi va xizmat uçun sensorli ekrandan foydalanadi. Şuningdek, u videoni politsiya uçastkasiga yuboriş va ehtimoliy gumonlanuvçilarni aniqlaş uçun kamera bilan jihozlangan.

Birinçi robot-politsiyaçi asosan turistik joylarda xizmat olib boradi. Politsiyaning ma'lum qilişiça, 2030 yilga kelib robotlar sonini xodimlar tarkibining 25 foiziga qadar yetkaziş möljallangan.

Robotning böyi - 170 santimetr, oğirligi - 100 kilogramm. Bundan taşqari, “his-tuyğular detektori” bilan jihozlangan, u bir yarim metrlik masofada imo-işoralar va qöl harakatlarini payqaydi hamda olti tilda muloqotga kirişa oladi.