Afğoniston poytaxti Kobulning diplomatlar mavzesida sodir etilgan terakt 90ga yaqin kişining umriga zomin bölib, sönggi yillardagi eng qonli qöporuvçiliklardan biriga aylandi. U, aytiş mumkinki, AQŞ va uning ittifoqçilari sa'y-harakatlariga qaramay, Afğonistondagi vaziyat tobora izdan çiqib ketayotganini körsatmoqda. Amerikaning yetakçi OAV va ekspertlari şunday fikrni ilgari surişmoqda, deb yozadi TASS agentligi. 

The New York Times naşriga köra, "Kobulning bu kabi hujumlar qarşisidagi zaifligi şundan dalolat beradiki, mamlakatdagi barqarorlaştiriş jarayoni murakkabliklarga duç kelmoqda". Bu holat Afğonistonda AQŞ iştirokidagi harbiy mojaro 15 yildan ortiq vaqtdan beri davom etayotgan, respublikaga taqdim etilayotgan xorijiy yordam hajmi bir neça milliardlab dollarni taşkil etayotgan bölsa ham kuzatilmoqda. 

Kobul nazoratni yöqotmoqda

Naşrning uqdirişiça, "Afğonistondagi xavfsizlik böyiça vaziyat 2014 yildan beri yomonlaşib keladi". AQŞ hukumatining Afğonistonni qayta tiklaş masalalari böyiça boş inspektori Jon Sopkoning fikriça, respublika hukumati 2015 yil noyabrida mamlakat hududining 72 foizini nazorat qilgan bölsa, 2016 yil noyabriga kelib, bu raqam 57 foizgaça qisqardi.

CNN telekanalining qayd etişiça, sönggi olti oy mobaynida "Tolibon" harakati öz pozitsiyalarini mustahkamlab oldi, xususan, Afğoniston şimolidagi Qunduz va janubidagi Ğilmon viloyatlarida ta'siri kengaydi. Respublika şarqida joylaşgan Nangarhar viloyatida IŞID terrorçilik guruhi jangarilari paydo böldi. 

Kobuldagi qöporuvçilik uçun javobgarlikni IŞID öz zimmasiga oldi, biroq keyinçalik Afğoniston Milliy xavfsizlik direktorati bu portlaş Pokiston idoralararo razvedkasi yordamida "Haqqoniy tarmoği" tomonidan amalga oşirilganini bildirdi. 

Associated Press agentligi baholariga köra, Afğoniston poytaxtidagi portlaş respublika hukumatining zaifligini körsatdi, bu esa, katta ehtimol bilan mamlakatdagi ziddiyatni siyosiy yöl bilan hal etiş jarayonini qiyinlaştiradi. Bu borada rasmiy hukumat va "Tolibon" harakati örtasida muzokaralarni boşlaş uçun bir neça urinişlar muvaffaqiyatsizlikka uçradi. Sönggi vaqtlarda, AP agentligining yozişiça, toliblar yangi muzokaralar imkoniyatini keskin rad etib keldi. 

Toliblar – asosiy tahdid bölib qolmoqda

CNN telekanali ma'lum qilişiça, Afğonistonda "Tolibon" harakatining 35 ming atrofida jangarisi harakatlanadi. IŞIDning respublikadagi şö'basida atigi bir neça yuz kişi bor. Biroq, ularni qöllab-quvvatlayotganlar sezilarli darajada bölişi mumkin. "Toliblar Afğon hukumati uçun eng jiddiy tahdid hisoblanadi, çunki ular köpsonli, yaxşi taşkil etilgan, mamlakatda keng aloqalar va ta'sirga ega. Şu bilan birga, mustahkam siyosiy tuzilmani barpo qila olgan", - deydi CNN. Telekanalga köra, IŞID Afğonistonning ayrim tumanlarida öz ta'sirini kengaytiriş uçun "Tolibon" harakatiga qarşi kuraş olib bormoqda, harakat, öz navbatida, respublikada "guruhning mustahkamlanib olişiga qarşilik körsatişga urinmoqda".