Favqulodda vaziyatlarning oldini oliş, ularning oqibatlarini kamaytiriş va samarali bartaraf etiş aholining tinç va xavfsiz hayot keçirişini ta'minlaş, mamlakatni rivojlantirişning strategik maqsadlariga erişişda muhim ahamiyatga ega.

Iqtisodiyot tarmoqlari jadal rivojlanayotgani, işlab çiqariş texnologiyalarining murakkablaşib borayotgani, işlab çiqariş obektlarining aholi punktlariga yaqin joylaştirilayotgani, aholi soni köpayib, urbanizatsiya jarayoni tezlaşayotgani, xavfli tabiiy jarayonlarning tez-tez sodir bölayotgani va kölami kengayib borayotgani, şuningdek, transçegaraviy xavflarning mavjudligi tabiiy hamda texnogen xususiyatdagi favqulodda vaziyatlar paydo böliş xavfini yanada oşirmoqda. 

Mustaqillik yillarida Özbekistonda aholi va hududlarni tabiiy ofatlar, texnogen avariya va falokatlardan himoya qiliş böyiça yaxlit davlat tizimi, zarur me'yoriy-huquqiy baza şakllantirildi, favqulodda vaziyatlarning oldini oliş va bartaraf etiş, şuningdek, aholini falokatlar paytida harakat qilişga tayyorlaş borasida kölami va mazmuni jihatidan ulkan işlar amalga oşirildi.

Şu bilan birga, amaldagi favqulodda vaziyatlarning oldini oliş va bartaraf etiş tizimi faoliyatining tahlili mamlakat aholisi va hududlarini tabiiy ofatlar, texnogen avariya va halokatlardan muhofaza qilişga salbiy ta'sir körsatayotgan bir qator muammoli masalalar mavjudligini körsatmoqda.

Xususan, favqulodda vaziyatlarni monitoring qiliş va prognozlaş tizimini yanada modernizatsiya qiliş talab etiladi. Uşbu tizim bugungi kunda xavfli gidrometeorologik holatlarning mavjud xavf-xatarlarini hamda ular yuz berganda harakat qiliş mexanizmlarini manzilli aniqlaş imkonini bermaydi. 

Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlarda himoya qiliş sohasidagi muammolarni hal qiliş uçun mamlakatimizning mavjud ilmiy salohiyatidan, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan yetarli darajada foydalanilmayapti. Qutqaruv tuzilmalarining moddiy-texnik ta'minoti, aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlarda himoya qiliş sohasida malakali kadrlar tayyorlaş, fuqarolarni bunday vaziyatlar röy berganda töğri harakat qilişga örgatiş, xavfli tabiiy jarayonlar kuçayişi bilan boğliq mavjud xatarlar, şuningdek, texnogen avariya va halokatlar xavfi töğrisida öz vaqtida va aniq xabardor qiliş tizimi bugungi kun talablariga töliq javob bermaydi. 

Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan himoya qiliş sohasida davlat siyosatini samarali amalga oşirişni ta'minlaş maqsadida Özbekiston Respublikasi Prezidentining "Favqulodda vaziyatlarning oldini oliş va ularni bartaraf etiş tizimi samaradorligini tubdan oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoni qabul qilindi.