Niderlandiyada jurnalistlarga Hyperloop tezyurar transport tizimini sinaş uçun qöllanadigan sinov majmuasi namoyiş qilindi.
Delft texnika universiteti hududida joylaştirilgan sinov qurilmasi özidan uzunligi 30 metr va diametri 3,2 metrlik pölat quvurni aks ettiradi. U quvur içida vakuumda vagon-kapsulaning harakatini ta'minlovçi tizimlarning past tezliklarda sinalişi uçun işlatiladi. Tizimni işlab çiqayotgan kompaniyada keyinroq uzunroq sinov majmuasini quriş rejasi bor. Bu majmua kapsula burilişlar va yölning ayriliş joylaridan yuqori tezlikda qanday ötişini tekşirişga imkon beradi.
Niderlandiyada Hyperloop transportini quriş böyiça loyihani amalga oşirayotgan Hardt Global Mobility kompaniyasi keyingi 4 yil davomida mamlakat içidagi ikki şaharni boğlaydigan birinçi tarmoqni qurmoqçi.
Hyperloop ğoyasi ilk bor 2013 yilda SpaceX kompaniyasi va uning egasi, tadbirkor Ilon Mask tomondan taklif qilingan. Vakuum texnologiyalarining magnit levitatsiya bilan birgalikda qöllanişi hisobiga yölovçilar yoki yukka ega kapsulaning quvur içida harakatlanişida 1200 km/soat tezlikka erişa olişi taxmin qilinmoqda.












