Prezident Şavkat Mirziyoyev «Andijon biokimyo zavodi» aksiyadorlik jamiyati tomonidan Xöjaobod tumanida taşkil etilgan boğni borib kördi. Bu haqda ÖzA xabar berdi.

«Xalq farovonligi, yurt bozorlari tökinligiga Andijon fermer va dehqonlari ham munosib hissa qöşmoqda. Xöjaobod tumanidagi lalmi maydonda taşkil etilgan yonğoqzor va tokzor ham şu maqsadga qaratilgan. Bu yerda 20 gektarga Kaliforniya yonğoği, 23 gektarga tok navlari ekilgan. Kelgusida ekin maydoni kengaytirilib, meva turlari köpayadi. Qator oralariga bulğor qalampiri, piyoz, kartoşka, loviya, moşning xaridorgir navlari va boşqa sabzavotlar ekiladi», deyilgan xabarda.

Prezident örmon xöjaligini rivojlantirişga oid qaror mazmun-mohiyatiga töxtaldi. Andijonning ilmiy va mehnat salohiyatidan foydalanib, bu yönalişda ilmiy-işlab çiqariş markazi taşkil etiş, xaridorgir mahsulotlar yetiştiriş orqali xalqning daromadini köpaytiriş zarurligi ta'kidladi. Andijon qişloq xöjaligi instituti va kollejlarda örmonçilik sohasida malakali kadrlar tayyorlaş böyiça körsatmalar berildi.

Şu yerda Qörğontepa tumanidagi «Boği Furqat» fermer xöjaligi bazasida qişloq xöjaligi uruğçiligi va köçatçilikni rivojlantiriş loyihasi namoyiş qilindi. Bu yerda zamonaviy biotexnologiya (In vitro texnologiyasi) asosida laboratoriya taşkil etilib, virussiz uruğ va köçatlar yetiştiriş yölga qöyiladi. Bunday ösimliklar kasalliklarga çidamli böladi, ularni yil böyi ekiş mumkin. Qiymati 1,6 milliard söm bölgan uşbu loyiha samarasida eksportbop qişloq xöjaligi mahsulotlari uruğ va köçatlari yetiştiriladi, agrosanoat tarmoqlari va aholiga yetkazib beriladi. Qöşimça 38 iş örni yaratiladi.