Rossiya prezidenti Vladimir Putin amerikalik rejissyor Oliver Stounga bergan intervyusida aytib ötdiki, u Amerika maxsus xizmatlari sobiq xodimi Edvard Snoudenni xoin deb hisoblamaydi. Suhbatdan parçalar Hollywood Reporter jurnalida bosilgan.

«Bu gap töğri emas. Snouden — xoin emas. Uning harakati öz mamlakati manfaatlariga xiyonat emas, u boşqa bir davlatga öz xalqiga zarar yetkazuvçi ma'lumotlarni yetkazgani yöq. U nima qilgan bölsa, barçasini oşkora amalga oşirdi», — degan Putin.

Şu bilan birga Rossiya prezidenti Snoudenning harakatlarini oqlamasligini bildirgan. Şu bilan birga u Milliy xavfsizlik agentligi mamlakat fuqarolari ortidan bu darajada kuzatuv olib bormasligi kerak bölgani haqida gapirib, öz navbatida Snouden bu ma'lumotlarni oşkor etişi ham töğri bölmaganini qayd etgan.

«Agar unga bu işda nimadir yoqmasa, işdan böşab ketişi kerak edi. Ammo u qarşi yuriş qildi. Bu esa uning huquqi. Mendan uning harakati töğri yoki notöğri bölgani haqidagi fikrimni sörasangiz, aytaman: yöq, notöğri», — degan Putin.

Putin şuningdek, özining KGBdan böşaşi voqeasi haqida eslab ötgan. Uning sözlariga köra, u öşanda davlat töntarişini ma'qullamagandi.

Bundan taşqari, Putin Rossiya maxsus xizmatlariga maqtov sözlari yöllagan va ular faqat qonun doirasida iş olib borişini e'tirof etgan. Uning sözlariga köra, ittifoqçi davlatlarni kuzatişni yölga qöyiş özaro işonçga putur yetkazadi, şu bilan birgalikda mamlakat xavfsizligiga zarar yetadi.

Putin intervyusida öz soqçilariga işonişini ham aytib ötgan.

Rejissyor Putinga nisbatan 5 marta suiqasd qilişga urinişganidan xabardorligini aytgan. «Ammo bu Fidel Kastroga uyuştirilgan suiqasdlar kabi köp emas. Menimça, unga 50 martaça suiqasd qilişgan», — degan Stoun.

Putin esa bunga javoban Kastro bilan suiqasd mavzusida suhbatlaşganini aytdi. Rossiya prezidenti sözlariga köra, Kuba sobiq rahbari unga «doim öz xavfsizligi bilan şaxsan şuğullangani uçun» tirik ekanini aytgan.

«Men öz işimni qilaman. Xavfsizlik xodimlari esa öz işini qiladi, va hozirgaça ular buni ança muvaffaqiyatli amalga oşirib kelmoqda», — deya qayd etgan Putin öz soqçilariga işonişini ta'kidlagan.

Suhbatning töliq versiyasi film körinişida 12—15 iyun kunlari Showtime telekanali orqali namoyiş etiladi.