Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev joylarda amalga oşirilayotgan bunyodkorlik işlari, investitsiya loyihalari ijrosining borişi bilan yaqindan tanişiş, xalq bilan muloqot qiliş maqsadida 2 iyun kuni Andijon viloyatiga taşrif buyurdi. Bu haqda ÖzA xabar bergan.
Mamlakatimizning barça hududlari kabi Andijon viloyati ham izçil rivojlanmoqda. Şahar va qişloqlar qiyofasi özgarib, odamlarning turmuş farovonligi oşib bormoqda.
Mustaqillik yillarida Birinçi Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida bu yerda ulkan bunyodkorlik işlari amalga oşirildi. Yirik sanoat korxonalari, kommunikatsiya tarmoqlari, ijtimoiy obektlar, köp qavatli uy-joylar barpo etildi. Andijon şahridagi Özbekiston, Mustaqillik, Istiqlol, Bobur köçalarining zamonaviy qiyofasi viloyatning bugungi taraqqiyoti ifodasidir.
Andijonda sanoat, qişloq xöjaligi, kiçik biznes va xususiy tadbirkorlik, savdo, xizmat körsatiş, san'at, sport kabi sohalar izçil rivojlanmoqda. Joriy yilning birinçi çoragida yalpi hududiy mahsulot hajmi 9,5 foiz ösgan.
Viloyatda beş mingga yaqin sanoat korxonasi faoliyat yuritmoqda. Mahsulotlarning 95 foizdan ortiği avtomobilsozlik, yengil sanoat, kimyo, neft-kimyo, oziq-ovqat sanoati tarmoqlarida işlab çiqarilmoqda.
Asaka şahridagi “Jyeneral motors Özbekiston” qöşma korxonasi bu borada alohida öringa ega. Bu zavod mamlakatimizda yangi tarmoq – avtomobilsozlik sanoatiga asos böldi, u bilan boğliq infratuzilmalar, xizmat sohalari şakllandi. Zavodda işlab çiqarişni diversifikatsiya qiliş, eksport geografiyasini kengaytiriş işlari davom ettirilmoqda.
Viloyatda kiçik biznes va xususiy tadbirkorlik jadal rivojlanmoqda. Ularning safi kengayib, tovar va xizmatlar turi ortib bormoqda. Mehnat bilan band aholining 84 foizi şu sohada faoliyat körsatib, daromad topmoqda.
Andijonliklar mirişkorligi, izlanuvçanligi bilan maşhur. Viloyat dehqonlari mamlakatimiz paxta va ğalla xirmonining 8-9 foizini, meva-sabzavotning 11,5 foizini yetiştirmoqda.
Şavkat Mirziyoyev 2016 yil 1 noyabr kuni Andijon viloyati saylovçilari bilan uçraşuvda viloyat iqtisodiyotini yanada rivojlantiriş, aholi farovonligini oşirişga qaratilgan keng kölamli reja va maqsadlarni bayon qilgan edi.
Davlatimiz rahbari Andijonga taşrifi davomida ana şu rejalar, Harakatlar strategiyasi ijrosi, ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar va amalga oşirilayotgan bunyodkorlik işlari bilan tanişadi.











