«Kun.uz» saytining Feysbukdagi va Instagramdagi sahifalari, şuningdek, Tvitter va Feysbukda, uning «Voditeli Taşkenta» guruhida bildirib ötilgan eng sara fikrlarni jamlab, e'tiboringizga havola etişga qaror qildik. Foydalanuvçilar avtomobillar narxi oşgani haqidagi xabarga quyidagiça munosabatlar bildirib, fikrlar qoldirişgan.
T. Çoriyev: «Men tuşundim, endi avtokredit oçiladi».
B. Daminjonov: «Men ham tuşundim. Endi (maşina xarid qiliş uçun) navbatga turmaymiz»
S.Azimov: «Kun.uz, mana endi özingizni körsating. Muloqotga çorlang «Özavtosanoat» rahbariyatini. Asoslab bersin bu betayin qarorini!»
V. Batir: «Eh, afsus, Hojiboy aka ötib ketdi-da, bölmasam zör mavzu qilib bizni kuldirar edi!»
A.Tursunbayev: «Narx dollar kursga qarab özgarib tursa, unda oylikni ham dollar kursida har haftada özgartirib turişsin».
A. Jalilov: «Kimdir tuşuntira oladimi, oylikka yaşaydiganlar qanaqa qilib maşina olişini? Yöq, rostdan ham qiziq».
D. Obidov: «Captiva» oliş uçun 1 mln. söm oylik oladigan odam yemay, içmay 210 oy, ya'ni 17 yarim yil işlasa puli yetar ekan!»
E. Xöjayev: «Men velosipedda yurişni örganayapman. Haydovçilik guvohnomasi kerak emas, yölimda töğri yursam bölgani».
A. Aziz: «Mamlakatning milliy valyutasiga işonçsizlik şu qadarki, qora bozor kursiga tayanib, uning kelgusidagi qadrsizlanişi suğurta qilinmoqda. Yana konvertatsiya haqida gapiramiz-a?»
X. Bahodirov: «Avtokredit boşlangani bilan, baribir qiyin. Çunki maşinani xarid qiliş uçun «katta» pul tölaşga töğri keladi, boz ustiga, kredit foizi ham qöşiladi. Qarabsizki, «maşina minaman», degan «qahramon» quloğigaça qarzga botib ketadi».
D. Abdullayev: «Mayli, köp kuyinmanglar. Bunga ham örganib qolamiz. Bizning sabrimizning çegarasi yöq-ku. Çidaymiz-da. Lekin yaxşi bölmadi».


















