Asli kelib çiqişi özbekistonlik bölgan rossiyalik tadbirkor Alişer Usmonovning matbuot xizmati muxolifatçi Aleksey Navalniy bilan sudda taqdim etilgan dalillar haqida ma'lumot berdi. Bu haqda Gazeta.ru xabar tarqatdi.
«Sud jarayoni va undagi Navalniy tomonining xatti-harakati haqida töxtaladigan bölsak, uni populistik obstruktsiya sifatida baholaş mumkin. Janob Navalniy va uning huquqşunoslari öz dalil-isbotlarini tayyorlaş haqida boş qotirişmagan», - deya xabar berişgan matbuot xizmatida.
Sudda Usmonovning sudlangani yuzasidan Özbekiston Oliy sudi va Boş prokuraturasidan xatlar hamda Tuşino tuman sudining 2011 yilda şunga öxşaş or-nomus va qadr-qimmatni himoya qiliş böyiça iş yuzasidan qarori taqdim etildi.
Znamenskoye qişloğidagi uyni Sotsgosproyekt jamğarmasiga ötkaziş böyiça Sotsgosproyekt va Ist-Invest Guruhiga yuborilgan advokatlik murojaatlari, ularning javobi ham taqdim etildi. Matbuot xizmatining aniqlik kiritişiça, Navalniy tomonidan heç qayerga heç qanday murojaat yuborilmagan, pora holati haqida heç qanday dalillar berilmagan.
Usmonov vakillarining aytişiça, 2003 yildan beri 12,5 mlrd rubllik soliqlar tölangan hamda sudda federal soliq xizmatidan tegişli ma'lumotnoma ham taqdim etildi.
Usmonovning davlat aktivlarining xususiylaştirişi borasida aytilişiça, Lebedinsk TKK, OEMK va Mixaylovsk TKKning aksiyalari asosiy töplamlari 2004 va 2006 yillarda xususiy şaxslardan yuqori bozor narxida sotib olingan.
«Janob Usmonov özining mediaaktivlarida heç qanday senzurani «örnatmagan». «Vlast» jurnalining sobiq muharriri Maksim Kovalskiy naşrni tomonlar özaro kelişuviga asosan tark etgan. Şu bilan birga, u bugungi kunda yana Kommersant NUda işlamoqda. Janob Navalniy tomonidan Usmonov «senzura örnatayotgani» haqida heç qanday dalillar keltirilmadi», - deyiladi xabarda.
Eslatib ötamiz, 31 may kuni Moskvaning Lyublino tumani sudi «Korrupsiyaga qarşi kuraş fondi» rahbari Aleksey Navalniyga milliarder Alişer Usmonov Rossiya boş vaziri Dmitriy Medvedevga pora bergani haqidagi rolikni öçiriş majburiyatini yukladi.












