Maxfiy ma'lumotlarni oşkor qilişga ixtisoslaşgan WikiLeaks taşkiloti AQŞ Markaziy Razvedka boşqarmasining maxfiy loyihasi «Pandemiya»ga doir ma'lumotlarni oşkor qildi. Undan közlangan maqsad şaxsiy kompyuterlar foydalanuvçilarini kuzatiş bölgan.
Windows dasturiy ta'minotidagi ayrim fayllar troyan dasturi bilan almaştirilgan, foydalanuvçining özi esa virusni mahalliy tarmoq orqali tarqatgan. Ekspertlarning qayd etişlariça, u texnik jihatdan unçalik ham töliq emas, masalan, Windows fayllarini qaytarzda almaştirişni tuşunişga yordam beruvçi texnik tavsiflar mavjud emas.
WikiLeaks 7 martdan boşlab MRB qöllab kelgan kiberjosuslik usullari haqida köplab ma'lumotlarni oşkor etişni boşladi. Uşbu ma'lumotlarga tayangan holda aytiş mumkinki, ma'muriyat mobil telefonlar orqali kuzatiş imkonini beruvçi dasturlar, şuningdek, butun dunyodagi smartfonlarga ulaniş imkonini beruvçi texnologiyalardan foydalangan.











