BMT Xavfsizlik kengaşi Şimoliy Koreyaga nisbatan sanksiyalarni kengaytirdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Kengaytirilgan sanktsion röyxatga Pxenyan manfaatlariga javob beruvçi faoliyatga tegişli bölgan taşkilotlar va şaxslar kiritildi.
Avvalroq Şimoliy Koreya televideniyesi yangi raketa sinovini namoyiş qilgandi. Janubiy Koreya vakillari şimolliklar uçirgan "Skad" turidagi raketa Yapon dengiziga tuşişdan avval 280 mil uçib ötganini ma'lum qilişgan.
Bundan taşqari, AQŞ Şimoliy Koreya yadroviy dasturi tufayli Rossiyaning uç kompaniyasiga qarşi sanksiyalar kiritdi.

















