Futbol böyiça Fransiya terma jamoasi örtoqlik uçraşuvida Paragvay termasini tor-mor keltirdi. Renn şahridagi stadionda bölib ötgan bahs uç ranglilar foydasiga 5:0 hisobida yakunlandi.
Bellaşuvning 6-daqiqasida Olive Jiru fransuzlarni hisobda oldinga olib çiqdi, 13-daqiqada esa «Arsenal» forvardi dubl qayd etdi. Keyingi töp 69-daqiqada urildi, Jiru het-trik qayd etdi. Uçraşuvning 76-daqiqasida Mussa Sissoko öz nomini tabloga yozdirib qöygan bölsa, Antuan Grizmann bir daqiqa ötib uçraşuvga yakuniy nuqta qöydi.
Frantsuzlar 13 iyun kuni Angliya termasi bilan örtoqlik uçraşuvida maydonga tuşsa, paragvayliklar 9 iyunda Peru termasi bilan töqnaş keladi.
Fransiya terma jamoasi va «Arsenal» hujumçisi Olive Jiruning bahsdagi uçta goli esa Fransiya termasi uçun 2000 yilning 16 avgustidan beri rasmiylaştirilgan ilk het-trikka aylandi. Öşanda «Yuventus» hujumçisi David Trezege FIFA yulduzlari jamoasi bilan örtoqlik öyinida uç bor nomini tabloga yozdirib qöygandi.
Undan avvalgi het-trik esa 1985 yilning 30 oktabr kuni qayd etilgan - «PSJ» hujumçisi Dominik Roşto 1986 yilgi jahon çempionati saralaş uçraşuvida Lyuksemburgga uçta gol urgandi.
Fransiya – Paragvay 5:0 (2:0, 3:0)
2 iyun, 00:00, «Ryu de Loren»
Gollar: 1:0 – 6 Jiru, 2:0 – 13 Jiru, 3:0 – 69 Jiru, 4:0 – 76 Sissoko, 5:0 –77 Grizmann.
Fransiya – Loris, Koselni, Mendi (Din, 67), Sidibe, Umtiti, Pogba (Kante, 46), Matyuidi, Payyet (Lemar, 46), Grizmann (Toven, 80), Jiru (Lyakazett, 73), Dembele (Sissoko, 46).
Paragvay – Silva, Patino (Samudio, 46), Alonso, Valdes, Gomes, Agilyar, Ayyala (Paredes, 63), Romero (Franko, 77), Iturbe (Ramires, 46), Benites (Dias, 46), Santander (Benites, 58).

















