Amerikaning General Motors avtomobilsozlik kompaniyasi Venesueladagi işlab çiqarişini töxtatişga qaror qildi. Uşbu Lotin Amerikasi mamlakati hukumatining korxonani hibsga olib, mol-mulkini musodara qilganidan söng, şunday töxtamga kelindi. Bu haqda GM kompaniyasining bayonotida ma'lum qilingan.
Kompaniyaning qayd etişiça, Venesuela Oliy sudi General Motors kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan murojaatni e'tiborsiz qoldirganidan Venesuela hukumatining "himoya uçun qonuniy huquq"qa nisbatan "hurmatsizlik qilişi ayon bölgan". Şunga köra, kompaniya "69 yil mobaynida iş örinlarini taşkil etiş, milliy iqtisodiyotning barça sohalari, şuningdek, venesuelaliklarning mobilligini ta'minlaşda muhim hissa qöşganidan söng, mamlakatni tark etişga qaror qildi".
Kompaniyaning qayd etişiça, u Venesuela va uning taşqarisida, mazkur Lotin Amerikasi mamlakatida işlab çiqarişni töxtatiş sababli yetkazilgan zararni qoplaş uçun barça huquqiy çoralarni köradi.
Avvalroq, korporatsiyaning moliyaviy departamenti vakili Tom Hendersonning TASS agentligiga ma'lum qilişiça, Venesueladagi zavodning töxtaşidan köriladigan zarar "100 mln dollarni taşkil etiişi mumkin".
Aprel oyida General Motors uning Venesueladagi korxonasi hibsga olingani va mol-mulki musodara qilingani haqida xabar qilgan edi. Mamlakat şimolida joylaşgan Valensiya şahrida faoliyat yuritgan korxonada 2,6 mingdan ortiq kişi işlab, 79ta dilerlik punktlariga mahsulotlar yetkazib berilgan. Aytiş joizki, zavod 2015 yildayoq avtomobillar yiğişni töxtatgan, faqat ehtiyot qismlar işlab çiqarayotgan edi. Yuqoridagi holat böyiça GM Venesuela Oliy sudiga murojaat qildi, biroq u rad etildi.












