Andijon şahrida bölib ötgan kengaytirilgan yiğilişda davlat rahbari Özbekiston iqtisodiyotini rivojlantiriş, xizmatlar körsatiş va mahsulotlar işlab çiqarişda tadbirkorlarning örni haqida alohida töxtalib ötdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Unga köra, huquq-tartibot idoralari yangi iş örinlari yaratib, aholi turmuş farovonligini oşirayotgan, iqtisodiyot lokomotivi bölgan tadbirkorlarni hurmat-izzatini joyiga qöyişi lozim.

Prezident jumladan şunday degan:

“Tadbirkorni “siz” demagan prokurorni öz işiga noloyiq deb bilaman. Har haftada viloyat, tuman va şahar prokurorlari tadbirkorlar bilan uçraşib, ular dardini tinglasin. Ular faoliyatida uçrayotgan muammolarni hal qiliş çoralarini körsin. Negaki, bittagina iş örnini yaratgan tadbirkor jamiyat uçun kerakli odamdir”.

Bundan taşqari, prokurorlar körsatilgan kommunal xizmatlar uçun tölovlarning öz vaqtida undirilişiga ham javobgardirlar.

Avvalroq, Andijon viloyati faollari iştirokida ötkazilgan yiğilişda davlat rahbari viloyatning Xonobod şahrini yana rivojlantiriş yuzasidan hukumat qarori qabul qilinişi lozimligi haqida gapirgani ma'lum qilingandi.