
Amerikalik Karolina Uilyams ismli qiz Yyel universiteti qoşidagi kollejlardan biriga pitssaga “muhabbati” haqida yozgan inşosini yuborib, öqişga qabul qilindi.
Qiz pitssa yetkazib beriş jarayonida “quvonçli his-tuyğusi” ifodalangan esse yozgan. “Menga pitssani buyurtma qiliş har doim yoqqan, sababi bu sakkiz bölak menda erkinlik va birdamlik hissini uyğotadi”, - dedi Uilyams.
U inşosi matni va Yyel universiteti qabul komissiyasining javobini öz tvitterida e'lon qildi.
I just want @PapaJohns to know that I wrote a college essay about how much I love to order their pizza and it got me into Yale 🍕👌 pic.twitter.com/lDlzEErHCn
— Carolina Williams (@justcarolina22) May 9, 2017
Şundan söng pitstseriya qizga javob yozgan va inşoning töliq matnini yuborişni söragan: “Tabriklaymiz, Karolina! Sen esseni bizga bağişlaganingdan juda farxlanamiz. Uni bizga yubor, iltimos”.
Qizning aniqlik kiritişiça, öqişga kiriş uçun yozilişi lozim bölgan inşoga aniq mavzu belgilab berilmagan, “siz haqiqatdan ham nimani yoqtirib qilişingiz haqida” yoziş talab etilgan. Uilyamsning qöşimça qilişiça, unga pitssa haqida inşo yoziş ğoyasi kelgan, sababi u bu taomni har haftada buyurtma qilgan.
Qabul komissiyasidagilarning aytişiça, qizning matni tufayli “miriqib kulişgan”. Ular Uilyamsni tanlagan mavzusi uçun maqtaşdi va kollejdan joy taklif qilişdi. Qizning sözlariga köra, Yyel universitetiga kirişdan boş tortadi va Obern universitetiga hujjatlarini yuboradi, sababi uyiga yaqinroq bölmoqçi.











