Şveytsariyada havodan karbonat angidrid yiğuvçi dunyodagi ilk zavod işga tuşdi. Bu haqda Science naşri xabar bermoqda.
"Tsyurix yaqinidagi Climeworks AG zavodi havodan sanoat kölamida CO2 yiğuvçi va uni xaridorga sotuvçi ilk zavod böldi", deb aytilgan xabarda.
Ma'lum qilinişiça, zavod yiliga 900 tonna CO2 yiğmoqçi. Bu miqdor 200 ta avtomobil bir yilda çiqaradigan karbonat angidridga teng. Kompaniya olingan gazni sabzavotlar yetiştirişga yönaltirmoqçi. Biroq zavod yiğadigan gaz sayyoramiz miqyosida arzimagan miqdorga teng.
Climeworks zavod şunday texnologiyalar yordamida jahondagi CO2 miqdorining 1 foizini yiğiş maqsadiga erişişidagi birinçi qadam hisoblanişini aytmoqda. Bunday miqdordagi gazni yiğiş uçun esa 250 mingta şunday zavoddan kerak böladi.












