Aprel oyi boşidan beri Venesuelada davom etayotgan va mamlakatni larzaga solayotgan norozilik namoyişlarida qurbon bölganlar soni 63 kişiga yetdi. Bu haqda Bolivarlik respublikasi boş prokurori Luis Ortega Dias Union Radio radiokanalida ma'lum qilgan. Huquqni muhofaza qiluvçi idoraga köra, bu vaqt mobaynida 1,2 ming kişi jarohat olgan.
"63ta ölimdan 19tasi xavfsizlik kuçlari harakatlari bilan bevosita boğliq", - degan Ortega Dias. Prokuratura turli xil qoidubuzarliklar böyiça 3,4 ming jinoiy iş qözğatgan. Ayni vaqtga kelib, hukumat 420 kişini hibs qilgan, şu bilan birga, 40 nafarga yaqin odam qidirilmoqda, ulardan 19 nafari huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlaridir.
Venesuelada sönggi bir neça yillar içidagi eng keng qamrovli norozilik namoyişlariga Oliy sudning prezident Nikolas Maduro vakolatlarini kengaytiriş hamda parlament vazifalarini çeklovçi qarorini qabul qilgani sabab böldi. Bundan taşqari, Oliy sud muxolifat yetakçilaridan biri Enrike Kaprilesuga saylovlarda nomzodini qöyişni 15 yilga taqiqladi. Maduro davlat boşqaruvi tizimini isloh qilişi va mamlakat asosiy qonuniga özgartiş kiritişi mumkin bölgan Konstitutsiyaviy assambleyani çaqirgani vaziyatni izdan çiqardi.












