AQŞning Apple korporatsiyasi yangi binosining navbatdagi videotasvirlari namoyiş qilindi. Uni bloger Mettyu Roberts dron yordamida suratga olgan. Ma'lumki, Robertsning videolari 2016 yil martidan an'anaviylik kasb etgan hamda ulkan idora inşooti qurilişining barça bosqiçlarini namoyiş etadi. “Olma” kompaniyasi Kaliforniyaning Santa-Klara vodiysida 71 gektarga çözilgan boş qarorgohini qurayotgani haqida avval ham bir neça bor xabar qilingan edi. 

Videodan köriş mumkinki, Apple Park kompleksi oçilişga va 13 ming nafar xodimni qabul qilişga hali tayyor emas. Quş parvozi balandligidan olingan videotasvirlarda quriliş texnikalarini, aylana şaklidagi maşhur binoning markaziy hududi yaşil maydonga hanuz aylantirilmaganini köriş mumkin. 

Binoning quriliş işlari Stiv Jobs rahbarligida boşlangan edi. U mazkur loyihaga köplab ğoyalari va novatorlik takliflarini bildirgandi. Inşoot tomiga örnatiladigan 17 mVt quyoş elektrstansiyasi sababli töliq muqobil energiya manbasiga ega böladi. Şişali quriliş konstruksiyalari, «körinmas ulanmalar», hududning 4/5 qismi turli xil ösimliklar bilan qoplanişi va boşqa köplab jihatlari bilan Apple Park kompleksi zamonaning eng nodir binolaridan biriga aylanadi. 

Ta'kidlaş joizki, Apple korporatsiyasining xaritaşunoslik xizmatida Apple Park kompleksining 3D tasviri allaqaçon paydo bölgan. Unda Stiv Jobs nomidagi majlislar zalini ham köriş mumkin. Ehtimol, bu yilgi yangi avlod iPhone telefonlari aynan şu yerda taqdim etiladi.

Qiziği şundaki, avvalroq, yangi Apple Park kompleksining ayrim hududida Stiv Jobs yoşligida iş boşlagan Hewlett-Packard kompaniyasining idora binolari ham joylaşgan edi. 

YouTube-bloger Duncan Sinfield ham Apple Park qurilişiga doir yangi videoni havola qildi.