Apple asosçisining bevasi, 56 yoşli Loren Pauell Jobs öz farzandlariga erining ölimidan keyin qolgan köp milliard dollarlik merosni qoldirmoqçi emas. U bu haqda The New York Times’ga bergan intervyusida aytib ötdi.

Ayolning sözlariga köra, u ijtimoiy tengsizlikni adolatsizlik deb biladi va bir tomonda millionlab boşqa odamlarning birgalikdagi puli bilan teng bölgan ulkan mablağning mavjud bölişiga keskin qarşi çiqadi. Şu bilan birga, Loren Pauellning boyligi taxminan 27,5 milliard dollarga baholanmoqda.

- Men boylikni avloddan-avlodga qarab köpaytirib borişni xohlamayman va buni farzandlarim yaxşi biladi, - deya ma'lum qildi u. - Agar men uzoq umr körsam, hammasi özimning davrimda tugaydi.

Apple asosçisining bevasi «Stivning özi» buni xohlaganini ham qöşimça qilib ötdi.

Eslatib ötamiz, Loren va Stivning uç farzandi bor: 1991 yilda - uning yagona öğli Rid Jobs, 1995 yilda qizi Erin va 1998 yilda qizi Iv tuğilgan. Biroq, axborot texnologiyalari sohasida afsonaviy imperiyani yaratgan şaxs uçun bu ikkinçi oila hisoblanadi. 1978 yilda Stiv Djobsning birinçi xotini qiz farzand - Liza Brennan-Jobsni dunyoga keltirgan.