Stiv Jobs hayot bölganida 24 fevralda 64 yoşga tölgan bölar edi. Dunyoning eng muvaffaqiyatli faoliyat yurituvçi korporatsiyalaridan biri - Apple asosçisi, afsonaviy biznes-magnat 8 yillik saratonga qarşi kuraşdan keyin 56 yoşda hayotdan köz yumgan.

Deyarli 40 yillik karerasi davomida Stiv Jobs butun bir sanoat qiyofasini özgartirib yuborgan inqilobiy qarorlarni taklif qilgan. Jobs IT-texnologiyalar tarixidagi eng maşhur şaxslardan biri bölib qoladi. BigPicture Stiv Jobs öz faoliyati davomida qanday tamoyillarga asoslanganiga oid ma'lumotlar bilan bölişdi.

1. Mukammallikka intiling

Foto: Julie Jacobson / AP Photo

Stiv Jobs detallarga juda e'tiborli bölgan. Birinçi iPod taqdimoti arafasida Apple kompaniyasi xodimlari tuni böyi quloqçinlar darçasini almaştirişgan, çunki Jobs şunday qilinsa, yaxşiroq böladi degan qarorga kelgan.

2. Ekspertlar bilan işlang

Foto: Daniel Barry / Getty Images

Jobs kompaniya savdo tarmoğini işga tuşirişdan avval Gap kompaniyasidan Mikki Drekslerni jamoaga işga yollagan.

3. Afsuslanmang

Jobs jamoatçilikka namoyiş qilgan mahsulotlar bilan ham, işlab çiqarilişi "muzlatilgan" işlanmalari bilan ham birdek faxrlangan. Masalan, Jobs Palm Pilot klonini yaratiş ustida qattiq mehnat qilgan, biroq mobil telefonlar "KPK"ni bozordan siqib çiqarayotganini anglagaç, ortiqça afsus-nadomatlarsiz barça işlanmalarni töxtatdi va bu muhandislarga iPod ustida işlaş imkonini berdi.

4. Fokus-guruhlarga e'tibor qarating

Jobsning "Odamlarga namoyiş etmaguningça nima xohlaşayotganini özlari ham bilişmaydi" degan maşhur gapi bor. Şu bois uning özi bir kişidan iborat fokus-guruh sifatida işlagan - mahsulotlar prototiplarini uyiga olib ketib, oylab ularni sinovdan ötkazgan.

5. Örganiş va tadqiq qiliş - oxiri yöq jarayon