Apple asosçisi Stiv Jobsning bevasi Loren Pauell Jobs erining ölimidan keyin köp milliardlik merosni farzandlariga qoldirmaydi. U bu haqda The New York Times gazetasiga bergan intervyusida aytdi.
Loren Pauell Jobsning sözlariga köra, u ulkan boylik bir oila qölida töplanişini notöğri deb hisoblaydi. U meros qolgan boylikni kam ta'minlangan insonlarga köproq foydasi tegişi uçun xayriya işlariga sarflamoqçi.
«Agar uzoq umr köradigan bölsam, boyligim hayotim bilan birga tugaydi», — dedi u.
Loren Pauell Jobs 2004 yilda ta'lim va madaniy loyihalarni qöllab-quvvatlaydigan Emerson Collective xayriya taşkilotiga asos solgan. Stiv Jobsning ölimidan keyin u bu maqsadlarga yanada köproq pul sarfladi.
Bloomberg milliarderlar reytingiga köra, Loren Pauell Jobsning boyligi 24 milliard dollarga yaqin. U dunyoning eng badavlat insonlari reytingida 38-örinda turadi. Jobs bilan nikohidan uç nafar farzandi — öğli Rid, qizlari Erin va Yeva bor.













