Amerika hukumati Turkiyani Suriyaning Raqqa şahrini IŞIDdan ozod etiş uçun harbiy amaliyot boşlanganidan xabardor qilgan. Bu haqda Turkiya boş vaziri Binoli Yildirim ma'lum qildi.

«Amaliyot boşlanişidan oldin bu haqda Anqaraga xabar yetib kelgandi», — deya vazirning sözlarini keltirgan Anadolu.

Yildirimning qayd etişiça, amaliyot 3 iyunga ötar keçasi boşlangan. U Turkiya AQŞning IŞIDga qarşi kuraş usullarini ma'qullamasligini qayd etib ötgan.

«Biz bir neça marta Amerika tomoniga Raqqani ozod etiş böyiça rejaga munosabatimizni turli darajada yetkazdik. Bunga javoban Vaşingtondagilar boşqa yöli yöqligi, bu işda ular PYD va YPG (Suriyadagi kurdlarning «Demokratik ittifoq» partiyasi va kurdlarning milliy mudofaa otryadlari. — tahr) bilan hamkorlik qilişga majbur ekanliklarini bildirişdi», — degan vazir.

Yildirimning sözlariga köra, Vaşington Anqaraga kurdlar bilan aloqalar uzoq muddatli emasligi, bu «taktik hamkorlik» ekanini va'da qilgan.

Bundan oldinroq Turkiya Raqqani ozod etiş amaliyotida qatnaşmasligini e'lon qilgandi.