Mart oyidagi saylovlar natijalari bekor qilingani tufayli yakşanba kuni Istanbuldagi saylovçilar şahar merini qaytadan saylaş uçun yana saylov uçastkalariga qaytişdi.

Öşanda muxolifatçi partiya nomzodi Akrom Imomöğli raqibidan 13 ming ovoz köp jamğarib ğolib bölgandi.

Keyinroq Turkiya oliy saylov kengaşi amaldagi Erdöğan partiyasi talabi bilan ayrim saylov uçastkalarida saylov komissiyalari a'zolari davlat xizmatçilari bölmagani va saylaş huquqiga ega bölmagan kişilarning ovozlari qöşilganini sabab qilib körsatib, saylov natijalari hamda muxolifatdan saylangan Ikrom  Imomöğli mandatini bekor qilgan, 23 iyun kuni qayta saylov ötkazilişi belgilangandi.

Öşanda muxolifatçilar saylov natijalari bekor qilinişini prezident partiyasining siyosiy korrupsiyasi sifatida baholagandi.

Akrom Imomöğli «demokratiya ğalabasi uçun bor kuçini berişi»ni va'da qilgan, saylov arafasida ötkazilgan sörovnomalar natijalari ham u yana bir bor sobiq boş vazir Binoli Yildirim ustida ğalabaga erişişini körsatgan.

Takroriy ovoz beriş natijalari mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanning siyosiy kelajagiga jiddiy ta'sir körsatişi aytilmoqda.

1994 yildan 1998 yilgaça Istanbul meri bölgan Erdöğanning özi şunday degan: «Agar Istanbulda ğolib çiqsang, Turkiyada ğolib çiqqan bölasan».

Saylovda kimlar öz nomzodini ilgari surgan?

49 yoşli Akrom Imomöğli Respublika xalq partiyasi nomidan qatnaşmoqda, u Istanbuldagi Beylikduzu tumani meri hisoblanadi.

Binoli Yildirim
Foto: GETTY IMAGES

Uning raqibi Binoli Yildirim - Adolat va taraqqiyot partiyasi asosçilaridan biri, u 2016 yildan 2018 yilgaça mamlakat boş vaziri bölgan. Uning boşqaruvi davrida Turkiya yana prezidentlik respublikasiga aylangan va boş vazir lavozimi bekor qilingan.

U boş vazirlikdan ketgaç Transport va aloqa vaziriga aylangan, şu yilning fevralida esa hukumatning yangi tarkibiga kirgan.