Suriya prezidenti Başar Asad AQŞ prezidenti Donald Tramp saylovoldi kampaniyasi vaqtida bergan va'dalarining köpini "yutib yuborganini" aytdi.
"Trampning saylanişi prezident qaror qabul qiluvçi şaxs emas, balki faqatgina ijroçi ekanligini yana bir bor isbotladi. Tramp saylangandan keyin saylovoldi kampaniyasi vaqtida faol ravişda ilgari surgan va'dalari va sözlarining köpini "yutib yubordi", deb ma'lum qildi Asad WION telekanaliga bergan intervyusida.
Asadning ta'kidlaşiça, Tramp "bergan va'dalarini 180 gradusga burib yuborgan". Biroq Asad Tramp aynan qanday va'dalarini bajarmaganiga aniqlik kiritmagan.
Tramp saylovoldi nutqlarida ustuvor vazifalardan biri sifatida IŞIDga qarşi kuraşni aytib ötgandi.












