«Real» himoyachisi Marselo Chempionlar ligasi finalida «Yuventus»ga qarshi kechgan o‘yindan keyin jamoadoshi Karlos Kazemironing sochini oldi.

Kazemiro jamoasi turnirda g‘olib bo‘lsa, sochini oldirishni va'da qilgandi.

«Real» finalda «Yuventus»ni mag‘lub etdi va qatorasiga ikkinchi marta, jami 12-marta YeChL g‘olibiga aylandi. Kazemiro finalda Janluiji Buffon darvozasiga urilgan gollardan birini urdi.