«Real»ning braziliyalik himoyachisi Marselo klubni tark etishi haqidagi xabarlarni inkor qildi.
Avvalroq, Portugaliya matbuoti Marseloning «Yuventus» bilan 4 yillik shartnomani kelishib olgani va 30 yoshli futbolchi transferi 45 million yevroni tashkil qilishi haqida yozgan edi.
Marselo instagram sahifasida «Real» mashg‘ulotlaridan olingan suratini joyladi va: «Bu mening uyim», deb yozdi.















