Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Marselo «Real»ni tark etish fikridan qaytdi
Zinedin Zidanning «Real» boshqaruviga qaytishi himoyachi Marseloni klubdagi kelajagi bo‘yicha qarorini o‘zgartirishga undadi.
AS ma'lumotiga ko‘ra, braziliyalik futbolchi Madriddan ketish fikridan voz kechgan. Nashrga ushbu ma'lumotni Marseloga yaqin kishilar tasdiqlashgan. U sobiq bosh murabbiy Santyago Solari bilan yaxshi chiqishib keta olmagan va shu boisdan sobiq jamoadoshi Krishtianu Ronalduning klubi «Yuventus»ga o‘tib ketish haqida o‘ylayotgandi.
Qayd etilishicha, Zidan Marselo bilan bafurja gaplashib olgan va uni o‘z loyihasida muhim figurant sifatida ko‘rayotganini bildirgan.
Ma'lumot uchun, 30 yoshli futbolchi 2007 yildan buyon «qaymoqranglilar» tarkibida o‘ynab keladi. Bu mavsum u barcha musobaqalar doirasida 26ta o‘yin o‘tkazib, 3ta gol urdi va 5ta golga uzatma berdi.
Mavzuga oid
19:05 / 29.05.2026
«Real» sovrinsiz mavsumda dunyoning eng qimmat klubi deb topildi
17:03 / 19.05.2026
«Real»da inqiroz. O‘t o‘chirishga Joze kelmoqda
23:20 / 12.05.2026
Men ketmayman - «Real» prezidenti Florentino Peres shoshilinch matbuot anjumani o‘tkazdi
02:34 / 11.05.2026