«Atletiko» hujumçisi Antuan Grizmann yozgi transferlar vaqtida klubdan ketmasligi haqida rasman e'lon qildi.

«Kelajagim borasidagi savollar jonimga tegdi. CAS «Atletiko»ga transferlar böyiça taqiq qöygan.

Klub yangi futbolçilar ololmaydigan böldi. Men maslahatçilarim bilan kelişgan holda, jamoada qolişga qaror qildim.

Hozir klub qiyin davrda. Agar men hozir ketsam, bu klub uçun jiddiy zarba bölardi. Biz «Atletiko» bilan vaziyatni muhokama qildik, men yangi mavsumda ham Madridda bölaman», – degan Grizmann ESPN muxbiriga.

Uşbu futbolçi yozda «Mançester Yunayted»ga ötiş arafasida edi. Ammo «Atletiko»ga muammoga duç kelgaç, u mançesterliklar jamoasi boş murabbiyi Joze Mourinoga qönğiroq qildi va bora olmasligi sababini bildirdi.