Londonda 4 iyunga ötar keçasi odamlarga hujum qiliş bilan boğliq 3 ta voqea yuz berdi.

Birinçi voqea London köprigida yuz bergan. Bu yerda mikroavtubos haydovçisi piyodalarni bosib ketgan. Söngra yaqin orada joylaşgan Boro-market bozorida sovuq qurol qöllangan holda odamlarga hujum sodir etilgani ma'lum qilingan. Ayni vaqtda köprik yopilgan, politsiya yaqin oradagi binolardan odamlarni evakuatsiya qilgan.

"Soat 22:08dan boşlab politsiyaçilar London-brij köprigida avtomobil piyodalar bilan töqnaşgani haqidagi xabarlarga javob bera boşlaşgan", deb ma'lum qilindi Skotland-Yardda.

Ba'zi ma'lumotlarga köra, odamlar bosib ketilgan avtomobil içidan 3 nafar qurollangan odam çiqib kelgan. Ulardan ikki nafari politsiya tomondan otib öldirilgan, bir nafari qoçişga muvaffaq bölgan.  

"Söngra politsiyaçilar Boro-marketda odamlarga piçoq bilan hujum qilingani haqidagi xabarga çiqişgan. Qurollangan politsiyaçilar bosqinçilarga öq uzişgan", deb aytildi politsiyaning boşqa bir xabarida.

Guvohlar bu yerda intensiv otişma olib borilayotgani va ov piçoği bilan qurollangan odam restoranga kirib, u yerda xunrezlik sodir etganini ma'lum qilişgan.

"Bi-bi-si" telekanalining politsiyaga iqtibos keltirgan holda xabar berişiça, London köprigidagi voqea oqibatida bir neça kişi halok bölgan.

Söngra London politsiyasi şaharda yuz bergan uçinçi hujum haqida ma'lum qilgan.

"Hozir politsiya Voksxolldagi voqea bilan şuğullanmoqda", deb ma'lum qildi politsiya tvitterda. Bu tuman Temza daryosining öng qirğoğida, sayyohlar orasida maşhur bölgan Vestminsterdan janub tomonda joylaşgan.

Sky News telekanali öz manbalariga iqtibos keltirgan holda, gap teraktlar haqidagi ketayotganini ma'lum qilgan. Buyuk Britaniya boş vaziri devonxonasi Tereza Mey vaziyatdan xabardor ekanligini va muntazam ma'lumotlar olib turganini ma'lum qilgan.  

OAV ma'lumotlariga köra, teraktlar oqibatida 7 nafarga yaqin odam halok bölgan, 20 dan köproq odam jarohat olgan.