Şavkat Mirziyoyev “Özavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi Andijon viloyatida amalga oşirişni rejalaştirgan loyihalar bilan tanişdi.

Bunda yengil avtomobillarning yangi modellarini işlab çiqariş, uskuna va jihozlarni modernizatsiya qiliş, yengil avtomobillar qismlarini işlab çiqarişni mahalliylaştiriş, yangi modeldagi avtomobillar uçun interer, ştamplangan, payvandlangan panellar, radiator, konditsioner tizimlari, örindiqlar, ovoz söndirgiç tizimi qismlari, gaz çiqariş tizimlari işlab çiqarişni yölga qöyiş közda tutilgan.

Jumladan, davlat rahbari uşbu taşrifi davomida yangi turda işlab çiqarilişi rejalaştirilgan Chevrolet Tracker mini krossoverini közdan keçirdi. Avtomobilning umumiy xarakteristkasi va imkoniyatlari bilan yaqindan tanişdi. Yangi modelning eksport yoki içki bozor uçun çiqarilişi haqida qöşimça ma'lumotlar mavjud emas. 

Avvalroq Chevrolet Cruze va Tracker modellari Ravon brendi ostida Rossiyaga qaytişi mumkinligi haqida xabar berilgan edi. 

Eslatib ötamiz: 2015 yil «Özavtosanoat» AK Chevrolet Tracker bilan boğliq ayrim ma'lumotlarni inkor etgan edi. Uşbu ma'lumotlarda “2016 yildan boşlab Spark, Captiva va Malibu avtomobillarini işlab çiqariş töxtatilişi, ularning örnini Sonic, Tracker va Impala modellari egallaşi haqida” xabar berilgan edi.