Somali janubidagi Gedo viloyatida BMTga qaraşli samolyot qöniş vaqtida falokatga uçradi. Bu haqda 3 iyunda BMTning Oziq-ovqat va qişloq xöjaligi taşkiloti vakili Amor Almagro ma'lum qildi, deb xabar bermoqda "Sinxua" axborot agentligi.
"Oziq-ovqat va qişloq xöjaligi taşkilotining örta ölçamdagi yuk samolyoti Somali janubidagi Garbaxari aeroportiga qöniş vaqtida favlokatga uçradi. Samolyot ekipajining 4 a'zosi jabr körmagan, ularning hayotiga heç narsa xavf solmayapti. Biroq samolyotga jiddiy zarar yetgan", deb aytgan Almagro.
Axborot agentligi ma'lumotiga köra, samolyot aeroportning uçiş-qöniş polosasi yaqinida joylaşgan turar joy binosining tomiga qulagan. Baxtli tasodif bu vaqtda uyda heç kim bölmagan.












