Bir oyça muqaddam P.F.Borovskiy nomidagi Toşkent tibbiyot kollejining 1999 yilda tuğilgan, 17 yoşli talabasi Jasurbek Ibragimov öziga yetkazilgan jarohatlar va ötkazilgan murakkab operatsiyalarga doş bermasdan 1 iyun kuni olamdan ötdi.
Jasurbekning ota-onasi adolat istab, barça instansiyalarga murojaat qilişmoqda, nihoyat, ular ijtimoiy tarmoq orqali yurtimizdagi barça ommaviy axborot vositalarining uşbu fojiaga e'tibor qaratişlarini sörab, çiqiş qilişdi.
Uşbu voqea yuzasidan içki işlar organlariga rasman murojaat qildik va rasmiy javob xati olmagan bölsak-da, jabrlanuvçi tomonining körsatmalariga asosan, voqea tafsilotlarini öquvçilarimizga oşkor etişga qaror qildik.
Öquv dargohidan qaytişda ölasi qilib kaltaklangan Jasurbek öz uyiga yetib keladi va onasiga qönğiroq qiladi. Uning ahvolini körgan ota-onasi «Tez yordam» maşinasi çaqirib, kasalxonaga eltişadi.

Kasalxonada Jasurbek jonlantiriş bölimiga yotqiziladi va keyingi kunlar mobaynida umumiy hisobda beş marta içki organlarida murakkab operatsiyalarni boşidan keçiradi.
Jasurbekning boş miyasi çayqalgan, yuz suyaklari singan, ön ikki barmoq içagi uzilgan, butun buyragi şişlar bilan qoplangan, oşqozon osti bezi ezilgan va boşqa organlariga ham jiddiy zarar yetkazilgan ekan, iriy boşlagani uçun qorin sohasi muşaklaridan bir qismi kesib olib taşlanadi.
Alal-oqibatda yetkazilgan jarohatlar hayot bilan mutanosib emasligi oydinlaşadi va Jasurbek 1 iyun kuni vafot etadi.
Jasurbekning onasi nomidan e'lon qilingan murojaatga köra, 3 may kuni öğlini şu kollejda öquvçi 6 nafar bezori talaba döpposlaydi. Ulardan 3-bosqiç talabasi bölgan ikki nafari tarbiyasi buzuq bolalar röyxatida turişini bildirib ötadi. Jasurbek öqiydigan kollejdagi boşqa bir talabalarning bildirişiça, bezorilardan biri — I. ismli talaba «ota-onam advokat, har qanaqasiga meni jazodan qutqarib qoladi, bu birinçi marta emas», deb örtoqlariga maqtangan.
Voqea guvohi bölgan talabalarning aytişiça, bezorilar guruhiga a'zo talabalardan biri — U. ismli talaba yölda ketayotgan öğlimning orqasidan bildirmasdan pusib borib, uni qattiq tepib yiqitadi. Qolganlari esa yopirilib kelib, yerda yotgan Jasurbekni oyoqlari bilan ayamasdan tepkilaşadi va U. holdan toygan ösmirni telefoni yordamida videotasvirga tuşiradi.













