Borovskiy nomidagi tibbiyot kollejining talabasi Jasurbek Ibrohimovning ölimi bilan boğliq masala jinoiy işlar böyiça Toşkent şahar sudiga oşirilgan. Bu haqda Toşkent şahar prokurori örinbosari Murodjon Sodiqov Toşkent şahar IIBBda bölib ötgan brifing vaqtida berilgan savolga javob sifatida gapirib ötdi.
«Bu masala jinoiy işlar böyiça Toşkent şahar sudiga oşirilgan. Bu borada qolgan barça ma'lumotlar sud işi davomida oçiqlanib boradi», deya javob bergan Sodiqov.
Ma'lumot uçun, 17 yoşli Jasurbek Ibrohimov joriy yilning mayida kollejdoşlari bilan kelib çiqqan mojaro natijasida qattiq kaltaklangan va oğir jarohat olib, 1 iyun kuni vafot etgandi.












