2017 yil 26 sentabr kuni Jinoiy işlar böyiça Toşkent şahar Mirobod tuman sudida Toşkent Borovskiy tibbiyot kollejining 2-kurs talabasi Jasurbek Ibrohimovning ölimi yuzasidan oçilgan jinoiy iş böyiça dastlabki sud eşituvi bölib ötdi. Sudya Matçanov Matçonboy raisligida bölib ötgan sud majlisida jabrlanuvçilar (marhumning onasi) Nilufar Aliyeva va otasi Mahamadjon Tursunov hamda ularning advokati Ismailova, sudlanuvçi Tölaganov Islombek Abdujamiloviç va uning advokati Toxirov, davlat ayblovçisi, adliya kiçik maslahatçisi Baxtiyor Akromov bevosita iştirok etişdi.
Bundan taşqari, sud majlisi oçiq tarzda ötganligi sababli unda fuqarolar hamda OAV vakillari ham qatnaşdi.

hamda uning advokati Tohirov

Eslatib ötamiz, Toşkent şahar IIBB huzuridagi Tergov boşqarmasi şu yilning 2 iyun kuni, Yaşnobod tumani hududidagi 145-maktab oldida Jasurbek Maxamad öğli Ibrohimov, unga oğir tan jarohatlari yetkazilganligi sababli vafot etgani munosabati bilan Özbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 3-qismi «d» bandi (jabrlanuvçining ölimiga sabab bölgan qasddan badanga oğir şikast yetkaziş) alomatlari bilan 1999 yilda tuğilgan Islombek Abdujamiloviç Tölaganovga nisbatan jinoiy iş qözğatilgan. Keyinçalik tergov işini Toşkent şahar prokuraturasi öz zimmasiga olgan edi.



Mazkur iş böyiça tergov jarayoni 2017 yil 29 avgust kuni nihoyasiga yetkazilgan va mavjud materiallar jinoiy işlar böyiça Mirobod tuman sudiga oşirilgan.












