27 sentabr kuni “Tibbiy ta'limdagi islohotlar — mamlakatimiz tibbiyot sohasining taraqqiyot mezonlaridan biri” mavzusida matbuot anjumani ötkazildi. Unda Soğliqni saqlaş vaziri birinçi örinbosari Yusupaliyev Bahodir Qahramonoviç, Fan va Öquv yurtlari boş boşqarmasi boşliği Ismoilov Öktam Safoyeviç, Soğliqni saqlaş vazirligi axborot xizmati raxbari Sanayev Furqat Çoriyeviç, şuningdek ixtisoslaştirilgan va ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari, respublika darajasidagi davolaş-profilaktika muassasalari rahbarlari hamda OAV iştirok etdi. 

Tadbirda mutaxassislar ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilarini qiziqtirgan qator savollarga javob berişdi. Ulardan birida nima uçun joriy öquv yilida Toşkent şahridagi Borovskiy nomli tibbiyot kollejida qabul bölmagani haqida söraldi. 

"Ta'lim tizimidagi islohotlar boşqa kollejlarga ham öz ta'sirini ötkazadi. Ta'kidlaş joizki, Toşkent Borovskiy tibbiyot kollejiga talab köp edi. Şunday bölsa-da, ta'lim muassasasi imkoniyatlarining davlat standartlariga nomuvofiqligi inobatga olinib, joriy öquv yilida 1-kursga qabul e'lon qilinmadi. Bunda ma'naviy muhitning ta'siri ham bor, albatta". Ma'lum qilinişiça, Borovskiy kollejining keyingi yillardagi taqdiri böyiça hukumat qaror qabul qiladi. 

Bundan avval 26 sentabr kuni Jinoiy işlar böyiça Toşkent şahar Mirobod tuman sudida Toşkent Borovskiy tibbiyot kollejining 2-kurs talabasi Jasurbek Ibrohimovning ölimi yuzasidan oçilgan jinoiy iş böyiça dastlabki sud eşituvi bölib ötgani haqida xabar berilgan edi.