P.Borovskiy kollejining marhum talabasi Jasurbek Ibrohimov ölimi böyiça olib borilayotgan sud eşituvlari yakuniy bosqiçga kirdi. Uşbu işni körib borayotgan Jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar Mirobod tumani sudi sudyasi M.Matçonov 30 oktabr kuni öz hukmini öqiydi. 

27 oktabr kungi sud majlisida jabrlanuvçi nomidan iştirok etayotgan Nilufar Aliyeva, uning advokati L.Ismoilova, sudlanuvçi Islombek Tölaganovning advokatlari Yu.Ibrohimov, F.Tohirov mazkur iş böyiça öz xulosalarini taqdim qilişdi. 

L. Ismoilova

N.Aliyeva hamda advokat L.Ismoilova öz körsatmalarida tergov jarayoni va sud majlislarida özlari qayd qilişgan bir-biriga zid bölgan jihatlarni ma'lum qilişdi hamda jinoiy işni guruh bölib ölimga olib kelgan tan jarohati yetkaziş, deya qayta tavsiflaşni söraşdi. N.Aliyeva hamda L.Ismoilova prokurorning sudlanuvçiga 6 yil muddat söragani, uning sud jarayonida iştirok etgan guvohlar körsatmalarida ayrim mos kelmagan jihatlarga e'tibor bermaganini ta'kidlaşdi. Ular suddan odil hukm çiqarişni söraşdi. 

F.Tohirov

Sudlanuvçi I.Tölaganovning advokatlari F.Tohirov va Yu.Ibrohimov Jasurbek işida öz himoyasidagi şaxsning aybi kamligini, ya'ni uning Jasurbekka tan jarohati yetkaziş yoki uni qasddan öldiriş niyati bölmagani, bundan taşqari, jinoyatni sodir etgan vaqtda voyaga yetmagani, asosiy aybdor tomon öz vaqtida aniq taşxis qöymagan va jarrohlik amaliyotlarini ötkazmagan tibbiyot xodimlari ekanini e'tiborga olgan holda I.Tölaganovni jazodan ozod qilişni söraşdi. 

Yu.Ibrohimov

Şundan söng, sudlanuvçi I.Tölaganovga sönggi söz berildi. U jabrlanuvçining ota-onasidan uzr söragan holda bölgan fojiadan afsusdaligini bildirdi hamda advokatlari fikriga qöşilişini aytdi. 

Sudya M.Matçonov 30 oktabr kuni yakuniy hukm öqilişini bildirdi.